Biz haqimizda image
Xalqaro Nordik universiteti Foundation maktabi 2022 yil oktabr oyidan o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspekiyasining №051207 raqamli litsenziyasi asosida faoliyat yuritmoqda.

Maktab "Foundation dasturi" va "Foundation tayyorlov kurslari" asosida abituriyentlarni nufuzli Xalqaro Nordik universitetiga o’qishga kirishga tayyorlaydi. Ta`lim jarayoni ilg‘or tajribalar, innovatsion taʼlim modellari va sifatli o‘quv rejalar asosida olib boriladi. Dastur iqtisodiyotning real sektor ehtiyojlarini hisobga olgan holda bilimli abituriyentlarni mutaxassislikka tayorlash jarayonida saralash vazifasini o’taydi.

"Foundation dasturi" abituriyentlarga katta imkoniyat berib, ularni universitetga qabul qilinishini kafolatlaydigan dastur hisoblanadi. Uning afzalligi, abituriyent dasturda qatnashishi jarayonida fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab o‘qishini universitetning 2 yoki 1 kurslaridan davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dastur davomida nafaqat mutaxassislik fanlarini ,balki bugungi kunda dolzarb bo‘layotgan Robototexnika bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ham ega bo‘lasiz. Shuningdek, talabalar va abituriyentlar universitetda fin ta'lim tizimi asosida tahsil olib, Shimoliy Yevropa davlatlarida "Work and travel", "1+3", "2+2" va "3+1" dasturlarida qatnashadi.

"Foundation tayyorlov kurslari" o‘z ichiga turli fanlarni qamrab olib, o'quvchilarga bilim berish, ularni kasbga o‘rgatishga ko‘maklashadi. Bular: Matematika(SAT, Amaliy matematika, Mental Arifmetika), Ingliz tili(General English, IELTS, mutaxassislik bo'yicha tayyorlov), Arab tili, Dasturlash, Notiqlik san'ati.