Foundation dasturi salohiyatli yoshlarni saralab o'qishini Xalqaro Nordik universitetida to'g'ridan - to'g'ri ikkinchi yoki birinchi kursda davom ettirish imkonini beruvchi dastur.


9, 10 va 11-sinflarda tahsil olayotgan o'quvchilar Xalqaro Nordik universiteti Foundation dasturini muvaffaqiyatli bitirib universitetning 2-kursidan o'qishlarini davom ettirishi mumkin! Bundan tashqari, Maktab attestatiga ega bo'lgan barcha yoshlar ham Foundation dasturiga hujjat topshirishlari mumkin.
- Foundation maktabini ECTS kredit-modul tizimi asosida A, A+ baho (umumiy 4 va 4.5 GPA) ga tamomlab, Xalqaro Nordik Universitetida to'g'ridan -to'g'ri 2-bosqichdan talabalar safiga qabul qilinish imkoniyati.

- Foundation maktabini ECTS kredit-modul tizimi asosida B, B+ baho (umumiy 3 - 3.5 GPA) ga tamomlab,hech qanday qo’shimcha imtihonlarsiz Xalqaro Nordik Universitetida 1-bosqichdan talabalar safiga qabul qilinishingiz mumkin.

- Foundation dasturini a'lo baholarga tamomlagan va na'munali xulqqa ega bo'lgan talabalar uchun  universitet bilan hamkorlikda kafolatlangan va ishonchli Work and Travel dasturi bo'yicha turli Yevropa davlatlariga tashrif buyurish imkoni mavjud.

- Universitetda ta'lim bilan birgalikda amaliy kasb (robototexnika) ham o'rgatiladi.
Xalqaro Nordik Universiteti Foundation dasturi 10 oy davomida bo'lib o'tadi.
9-sinflar uchun 20 oy davomida bo'lib o'tadi.
- Ingliz tili
- Matematika
- Ona tili va adabiyoti
- Umumiy pedogogika
- Axborot kommunikatsiya texnologiyalari
- Robototexnika asoslari
- Iqtisodiyotga kirish
- Iqtisodiyot nazariyasi
- Tinglash va so‘zlashish ko‘nikmalari
- Amaliy grammatika
- Elektronika va sxemotexnikaga kirish
- Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar

- Iqtisodiyot
- Pedagogika
- Axborot kommunikatsiya texnologiyalari
- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

Foundation dasturida darslar o'zbek va rus tillarida olib boriladi.
Xalqaro Nordik Universiteti Foundation dasturiga qabul yil davomida bo'ladi.
Online ta`lim – bir o‘quv yili uchun umumiy 10 mln so‘m. Oyma-oy 1 mln so‘mdan to‘lash imkoni mavjud!

Offline ta`lim – bir o‘quv yili uchun umumiy 15 mln so‘m. Oyma-oy 1.5 mln so‘mdan to‘lash imkoni mavjud!
Foundation dasturida faqat offline ta`lim uchun 40% (6.3 mln so‘m) gacha grantlar mavjud.

Grantlar quyidagi tartibda beriladi:
  • Maktab baholari a`lo bo‘lsa - 10% (1.5 mln so‘m)
  • Ingliz tilidan B2 darajani ifodalovchi sertifikati bo‘lsa - 10% (1.5 mln so‘m)
  • Ingliz tilidan C1 darajani ifodalovchi sertifikati bo‘lsa - 30% (4.5 mln so‘m)
Bundan tashqari barcha to‘lov birdaniga amalga oshirilsa 5% (750 ming so‘m) chegirma qilib beriladi!