
Yoshlar bilan ishlash va talabalarga xizmat ko‘rsatish departamenti tashabbusi bilan o‘tkazilgan "Zakovat Quiz" o‘z sinov maydonida intellektual o‘yin ishqibozlarini jamladi.

Qiziqarli va hayajonga boy o‘tgan o‘yinda 8 ta shart bo‘yicha 6 ta jamoaning aql-zakovati va fikr uchqurligi sinovdan o‘tkazildi.

Bahslarda "Ko‘hinur" jamoasi ustunlikni qo‘lga olib, 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rinni "Foundation" va 3-o‘rinni "Best" jamoasi qo‘lga kiritdi hamda g‘oliblar mukofotlandi.



